РусскийEnglish

401-modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan soliqni qaytarish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qoʻllanishi huquqiga ega boʻlgan norezident jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan soliq ushlab qolingan va budjetga toʻlangan taqdirda, bunday norezident ushbu Kodeksning 12-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻlangan soliqni qaytarib olish huquqiga ega.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.