402-modda. Soliq toʻlovchilar
Ijtimoiy soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
ushbu Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq toʻlaydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.