РусскийEnglish

405-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari, agar ushbu Kodeksning 408-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq toʻlovchilar

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno

12

2.

Budjet tashkilotlari

25

3.

“SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari

7

4.

Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq toʻlovchilar

4,7

Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.