РусскийEnglish

477-modda. Advokatlarga soliq solish

Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq qismi boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:

bojxona toʻlovlari;

ijtimoiy soliq;

(477-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.

Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar va yigʻimlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.