478-modda. Advokatlar daromadlariga soliq solish
Advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summalariga ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning XIII boʻlimida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solish obyektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun olingan summa bilan advokatlar hayʼatlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy toʻlov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.