РусскийEnglish

479-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga soliq solish

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni toʻlovchilar hisoblanadi.

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar mehnatga haq toʻlash tarzida olinadigan daromadlar boʻyicha belgilangan stavkalar boʻyicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlaydi.

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlash majburiyati yuklatiladi.

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.