480¹-modda. Umumiy qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning 480²-moddasida belgilangan maxsus soliq stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
Soliq solishning alohida tartibiga ega Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlari quyidagilardan iborat: Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 koʻchasi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.