РусскийEnglish

480⁵-modda. Islomiy moliya operatsiyalariga foyda soligʻi solish

Islomiy moliya faoliyati doirasida jami daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi:

1) islomiy moliya faoliyati boʻyicha mukofot tarzidagi daromad;

2) islomiy sugʻurta va islomiy qayta sugʻurta tashkilotining sugʻurta, qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha daromadi.

Ushbu Kodeks 299-moddasi toʻrtinchi qismining qoidalari islomiy moliya operatsiyalari doirasida beriladigan qarzlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Islomiy moliya faoliyati doirasida mijozlarning toʻlovlarni kechiktirishi natijasida undirilgan jarimalar, penyalar hisobidan xayriya qilingan mablagʻlar foyda soligʻi bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiradi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.