РусскийEnglish

480⁶-modda. Islomiy moliya operatsiyalari doirasida boshqa soliqlar solish

Jismoniy shaxslarning islomiy moliya faoliyati bilan shugʻullanuvchi bank va mikromoliya tashkilotlariga vositachilik (topshiriq), ishonchli boshqaruv yoki sherikchilik asosida mablagʻ taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomalarga muvofiq olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.

Islomiy moliya faoliyati doirasida koʻchmas mulklarni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari mol-mulk soligʻi toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi.

Islomiy moliya faoliyati doirasida moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berilgan (olingan) koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha ijaraga beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari yer soligʻi toʻlovchisi deb eʼtirof etiladi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.