РусскийEnglish

57-modda. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari

Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi:

qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;

yer uchastkalariga ega boʻlgan, bu yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlsa.

Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va oʻsimliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:

1) qishloq va oʻrmon xoʻjaligi oʻsimlikshunosligi mahsulotlari;

2) chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;

3) ipakchilik mahsulotlari;

4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.

Sanoatda qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsuloti deb eʼtirof etilmaydi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.