РусскийEnglish

58-modda. Notijorat tashkilotlar

Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda roʻyxatdan oʻtkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq boʻlgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb eʼtirof etiladi, agar:

(58-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

daromad olish maqsadiga ega boʻlmasa;

daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamasa.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.