РусскийEnglish

84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati

Soliq toʻlovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ushbu hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida uch yil saqlashi shart.

(84-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik soliq stavkasini qoʻllashni, toʻlanadigan soliq miqdorini, soliq imtiyozini yoki soliq chegirmasini qoʻllashni va (yoki) soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishni soliq toʻlovchining muayyan shartlarga rioya etishi bilan bogʻlasa, ushbu soliq toʻlovchi barcha tasdiqlovchi hujjatlarni mazkur shartlarning amal qilishi tugaydigan yildan keyin kamida uch yil saqlashi kerak. Bunday tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu soliq boʻyicha soliq hisoboti, unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek koʻrsatilgan shartlarga yoki majburiyatlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Ushbu qismning qoidalari, agar koʻrsatilgan shartlar yoki majburiyatlar vaqtinchalik tusga ega boʻlsa va ularga rioya etilishini hujjatlar bilan tasdiqlashni talab qilsa, qoʻllaniladi.

(84-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.