21-son BHMS nima?
Boshqa nomi: Xo'jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
21-sonli BHMS "Xo'jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma": hisobvaraqlar rejasini (aktiv, passiv, kontr-aktiv, kontr-passiv, tranzit va balansdan tashqari hisobvaraqlar) va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-noyabrdagi 191-son buyrug'i bilan tasdiqlangan (AV 27.12.2024, 3593-son), 2025-yil 1-yanvardan kuchga kirgan.