23-son BHMS nima?
Boshqa nomi: Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish
23-sonli BHMS "Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish": qayta tashkil etish to'g'risidagi ma'lumotni moliyaviy hisobotda yoritish tartibini belgilaydi. Qayta tashkil etishning beshta shakli bor: qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish va o'zgartirish. Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 142-son buyrug'i bilan tasdiqlangan (AV 02.08.2024, 3540-son).