9-son BHMS nima?
Boshqa nomi: Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot
9-sonli BHMS "Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot": pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni tuzish tartibini belgilaydi. Pul tushumlari va to'lovlari uchta toifaga ajratiladi: operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyat. Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 5-dekabrdagi 199-son buyrug'i bilan tasdiqlangan (AV 27.12.2024, 3592-son), 2025-yil 1-yanvardan kuchga kirgan.