Inventar va xo'jalik jihozlari nima?
Boshqa nomi: kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar
Aylanma mablag'lar tarkibidagi mehnat vositalari: asboblar, xo'jalik jihozlari, mayda inventar. Ular 1080 schyotida hisobga olinadi; foydalanishga berilganda qiymati to'liq xarajatga o'tkazilishi mumkin, saqlanishini nazorat qilish uchun esa balansdan tashqari 014 schyotida yuritiladi (21-son BHMS, 98–99-bandlar).