Kechiktirilgan daromad nima?
Boshqa nomi: kelgusi davr daromadi
Pul hisobot davrida olingan (yoki hisoblangan), lekin kelgusi davrlarga tegishli bo'lgan daromad: ijara haqi, sotilgan chipta, jurnal obunasi va hokazo. Tovar yetkazilmaguncha yoki xizmat ko'rsatilmaguncha u 6230 (uzoq muddatlisi 7230) schyotda turadi, keyin 9010, 9020 yoki 9030 schyotga daromad sifatida o'tkaziladi; ijara bo'yicha kechiktirilgan daromad esa tegishli davrda 9350 yoki 9550 schyotga o'tadi.