Moliyaviy hisobot nima?
Boshqa nomi: moliyaviy hisobotlar to'plami
Korxonaning moliyaviy holati, faoliyat natijalari va pul harakati haqidagi ma'lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etadigan hisobotlar jamlanmasi. 1-son BHMS (12-band) ga ko'ra yillik moliyaviy hisobotlar to'plami quyidagi hisobotlardan iborat:
- Buxgalteriya balansi
- Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot
- Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot
- Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot
- Moliyaviy hisobotlarga izohlar
Manba: 1-son BHMS, 12-band