Umumishlab chiqarish xarajatlari nima?
Bitta mahsulotga emas, butun sexga tegishli bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari. Ular avval 2510 schyotida yig'iladi, so'ng 2010 va 2310 schyotlariga taqsimlanadi; taqsimlash tartibi hisob siyosatida belgilanadi. 128-bandda bu schyotda aks etadigan xarajatlar quyidagicha sanalgan (21-son BHMS, 127–129-bandlar).
- Mashina va uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlari
- Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi
- Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari
- Ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug'urtalash xarajatlari
- Ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari
- Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ijaraga olingan bino, mashina, uskuna va boshqa vositalar uchun ijara to'lovlari
- Ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning ish haqi
- Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boshqa xarajatlar