Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi nima?
Ta'sischi ustav kapitaliga chet el valyutasida ulush kiritganda, ta'sis hujjatlari ro'yxatdan o'tgan sanadagi va pul haqiqatda kiritilgan sanadagi Markaziy bank kurslari farqidan kelib chiqadigan summa. Ijobiy farq 8420 schyotda qo'shilgan kapital sifatida yoziladi; salbiy farq avval shu schyotdagi ijobiy farq hisobidan, undan oshgani 9620 schyotdan qoplanadi.