РусскийEnglish

168-modda. Moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va qarorlarni ijro etish

Soliq organlarining yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini nazarda tutuvchi qarorlari boʻyicha moliyaviy sanksiyalar summalarini undirish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeksning 120 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda mustaqil tarzda amalga oshiriladi.

Soliq organlarining arizasiga koʻra yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar undirish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudlarning moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarorlarini ijro etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(168-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.