РусскийEnglish

281-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi

Ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organiga soliq hisobotini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali, belgilangan format boʻyicha elektron shaklda taqdim etadi.

Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga hujjatlarni (axborotni) va maʼlumotlarni taqdim etish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish mumkin boʻlmagan davrda bunday hujjatlar (axborot) va maʼlumotlar telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.

Soliq hisobotlari, hujjatlar (axborot) va boshqa maʼlumotlar oʻtgan chorakdan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.