425-modda. Soliq toʻlovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.