Boj olinmaydigan savdo nima?
Boshqa nomi: duty free
Tovarlar bojxona belgilagan joylardagi maxsus do'konlarda bojxona nazorati ostida turib, boj va soliqlar to'lanmasdan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo'llanmasdan chakana sotiladigan bojxona rejimi. Bunday do'kondan xarid qila oladiganlar doirasi cheklangan: bojxona hududidan chiqib ketayotgan va kirib kelayotgan jismoniy shaxslar, O'zbekistonda vaqtincha turgan chet elliklar hamda Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet elliklar. Davlat chegarasini kesib o'tmayotgan shaxslarga va akkreditatsiyasiz chet elliklarga sotish mumkin emas. Rejimdagi tovarni faqat do'kon litsenziyasiga ega shaxs deklaratsiya qiladi, tovar maxsus tamg'a bilan va chakana sotuvga oldindan qadoqlangan bo'lishi kerak. BYDdagi kodi 72.
Manba: Bojxona kodeksi, 113-modda; Bojxona kodeksi, 114-modda; BYD to'ldirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma, 3-ilova