Bojxona ombori nima?
Chet eldan olib kirilgan va keyinchalik olib chiqib ketish uchun mo'ljallangan tovar bojxona bojlari va soliqlar to'lanmasdan, iqtisodiy siyosat choralari qo'llanmasdan, maxsus binolarda (joylarda) bojxona nazorati ostida saqlanadigan rejim. Bu rejim tovar egasiga xaridor topilguncha yoki keyingi yo'nalish aniqlanguncha boj to'lamasdan kutish imkonini beradi. BYDdagi kodi 74.
Manba: Bojxona kodeksi, 90-modda; BYD to'ldirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma, 3-ilova