РусскийEnglish
Lug'at · Import-eksport

Bojxona yig'imi nima?

Bojxona organi muayyan harakat yoki tartib-taomilni bajargani uchun undiriladigan to'lov. Bojdan farqi: boj tovarni chegaradan olib o'tgani uchun to'lanadi, yig'im esa bojxona bajargan muayyan ish uchun. Shu sababli Kodeks yig'im miqdori bojxonaning shu ishga sarflaydigan xarajati taxminiy qiymatidan oshmasligini talab qiladi. Yig'im stavkalarini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Bojxona kodeksida yig'im olinadigan yettita ish sanalgan:

  • Tovarni bojxonada rasmiylashtirish
  • Belgilangan joydan tashqarida yoki bojxonaning ish vaqtidan keyin rasmiylashtirish
  • Tovarni bojxona organiga qarashli omborda saqlash
  • Transport vositasiga bojxona hamrohligini berish
  • Dastlabki qaror chiqarish
  • Intellektual mulk obyektini bojxona reyestriga kiritish
  • Yuridik shaxs olib kirayotgan naqd chet el valyutasini rasmiylashtirish

Manba: Bojxona kodeksi, 291-modda; BYD to'ldirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma, 13-ilova

Yana qarang

Import-eksport: boshqa atamalar

← Barcha atamalar