Bojxona yuk deklaratsiyasi nima?
Boshqa nomi: BYD
Deklarant yoki bojxona brokeri bojxonaga topshiradigan, muayyan bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovar haqidagi to'g'ri ma'lumotlar yozilgan hujjat. U elektron shaklda yoki qog'ozda topshiriladi; qog'ozda deklaratsiyalash mumkin bo'lgan holatlar, tovarlar va tartib-taomillar ro'yxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi, qog'oz deklaratsiyaga elektron nusxasi ham ilova qilinadi. BYD dastlabki deklaratsiyalashda, shuningdek qisqa, muvaqqat, to'liq bo'lmagan yoki davriy deklaratsiya sifatida qo'llanishi mumkin. Buxgalteriyada BYD import qilingan tovar-moddiy zaxira va asosiy vosita qiymatini tasdiqlovchi boshlang'ich hujjatlardan biri hisoblanadi.
Manba: Bojxona kodeksi, 258-modda; BYD to'ldirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma, 3 va 13-ilovalar; 4-son BHMS, 24-band; 5-son BHMS, 13 va 16-bandlar