РусскийEnglish
Lug'at · Buxgalteriya

Moliyaviy ijara nima?

Mulkni shartnoma bo'yicha o'n ikki oydan ortiq muddatga egalik qilish va foydalanish uchun berishdagi ijara munosabati, bunda shartnoma quyidagi to'rt shartdan biriga javob berishi kerak (6-son BHMS, 6-band). Lizing moliyaviy ijaraning alohida turi hisoblanadi (6-son BHMS, 8-band). Ijarachi bunday obyektni o'z balansida 0310 schyotida aks ettiradi, majburiyatni esa 6950 va 7910 schyotlarida (21-son BHMS, 33–35-bandlar).

  • Shartnoma tugagach, obyekt ijarachining mulkiga o'tadi
  • Shartnoma muddati obyekt xizmat muddatining 80 foizidan ortiq yoki shartnoma oxiridagi qoldiq qiymat boshlang'ich qiymatning 20 foizidan kam
  • Ijarachi muddat oxirida obyektni bozor qiymatidan ancha past narxda sotib olish huquqiga ega va buning amalga oshishiga ijara boshida ishonch bor
  • Ijara to'lovlarining diskontlangan joriy qiymati obyekt berilgan paytdagi joriy qiymatining 90 foizidan ortiq

Yana qarang

Buxgalteriya: boshqa atamalar

← Barcha atamalar