Reimport nima?
Avval bojxona hududidan olib chiqilgan tovarni Kodeksda belgilangan muddatlarda, bojxona bojlari va soliqlar to'lanmasdan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo'llanmasdan qaytarib olib kirish rejimi. Reimport qilingan tovar erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida qaraladi. Shikastlangan tovarga bu rejim faqat shikast avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'sirida yuz bergani tasdiqlansa qo'llanadi. BYDdagi kodi 41.
Manba: Bojxona kodeksi, 58-modda; BYD to'ldirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma, 3-ilova