РусскийEnglish
Buxgalteriya22 daqiqa o'qish · Yangilangan: 7-noyabr, 2026

Moliyaviy hisobot shakllari 2025-yildan: buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar, xususiy kapital va pul oqimlari (181-son buyruq)

181-son buyruq bilan tasdiqlangan Nizom bo'yicha BHMS shakllari to'liq: buxgalteriya balansi va unga ilova, moliyaviy natijalar, xususiy kapital va pul oqimlari to'g'risidagi hisobotlar satr va schyot kodlari bilan. Kim qaysi shaklni qachongacha topshiradi, satrlar qanday bog'lanadi (raqamli misol). Bo'sh shakllar PDF va Excel ko'rinishida.

2025-yil 1-yanvardan moliyaviy hisobot shakllari yangi hujjat bilan tasdiqlangan: Iqtisodiyot va moliya vazirining 181-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Nizom. Ko'p buxgalterlar hali ham eski shakllarni (140-son buyruq) qidiradi, holbuki ular o'z kuchini yo'qotgan. Quyida BHMS bo'yicha to'rtta asosiy shakl satr kodlari va schyot kodlari bilan to'liq keltirilgan, yonida esa ularni qanday o'qishga oid qisqa misol bor.

Bo'sh shakllarni PDF ko'rinishida chop etish yoki Excel faylda to'ldirish mumkin: Excelda jami satrlar rasmiy formulalar bo'yicha avtomatik hisoblanadi. Havolalar sahifa ostida.

Kim, qaysi shaklni va qachongacha topshiradi?

Nizom budjet va sug'urta tashkilotlari, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlariga tatbiq etilmaydi (Nizomning kirish qismi), konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga ham qo'llanilmaydi (Nizom, 1-band). Qolgan buxgalteriya hisobi subyektlari uchun tarkib va muddat quyidagicha:

KimYillik hisobot tarkibiMuddatAsos
BHMS bo'yicha hisobot tuzadigan tashkilotlarbuxgalteriya balansi (1-ilova), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-ilova), xususiy kapital to'g'risidagi hisobot (3-ilova), pul oqimlari to'g'risida hisobot (4-ilova) va moliyaviy hisobotga izohlarhisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmayNizom, 7 va 9-bandlar
Mikrofirmalar va kichik korxonalarbuxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotBHMS asosida tuzilgan hisobot: keyingi yilning 1-martidan kechiktirmayNizom, 7 va 10-bandlar
MHXS bo'yicha hisobot tayyorlaydigan tashkilotlarmoliyaviy holat, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad, xususiy kapitaldagi o'zgarishlar, pul mablag'lari harakati (bilvosita usul) to'g'risidagi hisobotlar (5–8-ilovalar) va izohlar; BHMS bo'yicha hisobot taqdim etilmaydihisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmayNizom, 7, 11 va 12-bandlar

Bu maqolada BHMS bo'yicha to'rtta shakl va balansga ilova ko'rib chiqiladi. MHXS shakllari (5–8-ilovalar) Nizomning 11-bandida sanalgan va alohida mavzu.

Barcha shakllar uchun umumiy qoidalar

  • Yillik hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrgacha; hisobot sanasi — davrning oxirgi kalendar kuni (Nizom, 2-band).
  • Hisobot so'mda taqdim etiladi, agar qonunchilikda boshqacha tartib bo'lmasa; chet el valyutasidagi aktiv va majburiyatlar Markaziy bank kursi bo'yicha so'mga qayta hisoblanadi (Nizom, 3-band).
  • Shakllarni rahbar hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifasini bajaruvchi shaxs yoki bosh buxgalter imzolaydi; bu vazifani rahbarning o'zi bajarsa, bosh buxgalter o'rniga ham u imzo qo'yadi (Nizom, 4-band).
  • Barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar to'ldiriladi; ma'lumot bo'lmagani uchun to'ldirilmagan satr (ustun) chizib qo'yiladi (Nizom, 13-band).

Har bir shakl tepasida bir xil rekvizitlar bor: tashkilotning to'liq nomi, faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy shakli, elektron pochta manzili, STIR, o'lchov birligi (ming so'm) va taqdim qilingan sana. Har bir shakl oxirida «Mazkur moliyaviy hisobotda ko'rsatilgan ma'lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman» degan jumla, rahbar va bosh buxgalterning F.I.O. va imzosi hamda sana.

1-ilova. Buxgalteriya balansi

Balans 31-dekabr holatiga, ming so'mda tuziladi va ikki raqamli ustunga ega: «hisobot davri boshiga» va «hisobot davri oxiriga». Qavs ichidagi to'rt xonali raqamlar — hisobvaraqlar (schyotlar) kodlari.

Ko'rsatkichSatr kodi
AKTIV
I. Uzoq muddatli aktivlar
Asosiy vositalar:
Boshlang'ich (qayta tiklash) qiymati (0100, 0300)010
Eskirish summasi (0200)011
qoldiq (balans) qiymati (satr. 010 — 011)012
Nomoddiy aktivlar:
Boshlang'ich qiymati (0400)020
Amortizatsiya summasi (0500)021
qoldiq (balans) qiymati (satr. 020 — 021)022
Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr.040+050+060+070+080), shu jumladan:030
qimmatli qog'ozlar (0610)040
Sho'ba xo'jalik jamiyatlariga investitsiyalar (0620)050
qaram xo'jalik jamiyatlariga investitsiyalar (0630)060
Chet el kapitali mavjud bo'lgan korxonalarga investitsiyalar (0640)070
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar (0690)080
O'rnatiladigan asbob-uskunalar (0700)090
Kapital qo'yilmalar (0800)100
Uzoq muddatli debitorlik qarzlari (0910, 0920, 0930, 0940)110
Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar (0950, 0960, 0990)120
I bo'lim bo'yicha jami (satr. 012+022+030+090+100+110+120)130
II. Joriy aktivlar
Tovar-moddiy zaxiralari, jami (satr.150+160+170+180), shu jumladan:140
Ishlab chiqarish zaxiralari (1000, 1100, 1500, 1600)150
Tugallanmagan ishlab chiqarish (2000, 2100, 2300, 2700)160
Tayyor mahsulot (2800)170
Tovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi)180
Kelgusi davr xarajatlari (3100)190
Kechiktirilgan xarajatlar (3200)200
Debitorlar, jami (satr. 220+240+250+260+270+280+290+300+310)210
shundan: muddati o'tgan*211
Xaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning ayirmasi)220
Ajratilgan bo'linmalarning qarzi (4110)230
Sho'ba va qaram xo'jalik jamiyatlarning qarzi (4120)240
Xodimlarga berilgan bo'naklar (4200)250
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo'naklar (4300)260
Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha bo'nak to'lovlari (4400)270
Maqsadli davlat jamg'armalari va sug'urtalar bo'yicha bo'nak to'lovlari (4500)280
Ta'sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo'yicha qarzi (4600)290
Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo'yicha qarzi (4700)300
Boshqa debitorlik qarzlari (4800)310
Pul mablag'lari, jami (satr.330+340+350+360), shu jumladan:320
Kassadagi pul mablag'lari (5000)330
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag'lari (5100)340
Chet el valyutasidagi pul mablag'lari (5200)350
Boshqa pul mablag'lari va ekvivalentlari (5500, 5600, 5700)360
qisqa muddatli investitsiyalar (5800)370
Boshqa joriy aktivlar (5900)380
II bo'lim bo'yicha jami (satr. 140+190+200+210+320+370+380)390
Balans aktivi bo'yicha jami (satr.130+390)400
PASSIV
I. O'z mablag'lari manbalari
Ustav kapitali (8300)410
Qo'shilgan kapital (8400)420
Rezerv kapitali (8500)430
Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)440
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (8700)450
Maqsadli tushumlar (8800)460
Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari uchun zaxiralar (8900)470
I bo'lim bo'yicha jami (satr.410+420+430-440+450+460+470)480
II. Majburiyatlar
Uzoq muddatli majburiyatlar, jami (satr.500+520+530+540+550+560+570+580+590)490
shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr.500+520+540+560+590)491
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz (7000)500
Ajratilgan bo'linmalarga uzoq muddatli qarz (7110)510
Sho'ba va qaram xo'jalik jamiyatlarga uzoq muddatli qarz (7120)520
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar (7210, 7220, 7230)530
Soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7240)540
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7250, 7290)550
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo'naklar (7300)560
Uzoq muddatli bank kreditlari (7810)570
Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840)580
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900)590
Joriy majburiyatlar, jami (satr.610+630+640+650+660+670+680+690+700+710+ +720+730+740+750+760)600
shu jumladan, joriy kreditorlik qarzlari (satr.610+630+650+670+680+690+ +700+710+720+760)601
shundan: muddati o'tgan joriy kreditorlik qarzlari*602
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000)610
Ajratilgan bo'linmalarga qarz (6110)620
Sho'ba va qaram xo'jalik jamiyatlarga qarz (6120)630
Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230)640
Soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha kechiktirilgan majburiyatlar (6240)650
Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250, 6290)660
Olingan bo'naklar (6300)670
Budjetga to'lovlar bo'yicha qarz (6400)680
Sug'urtalar bo'yicha qarz (6510)690
Maqsadli davlat jamg'armalariga to'lovlar bo'yicha qarz (6520)700
Ta'sischilarga bo'lgan qarzlar (6600)710
Mehnatga haq to'lash bo'yicha qarz (6700)720
Qisqa muddatli bank kreditlari (6810)730
Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840)740
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi (6950)750
Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900)760
II bo'lim bo'yicha jami (satr.490+600)770
Balans passivi bo'yicha jami (satr.480+770)780

* Muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud bo'lgan hollarda ularning rasshifrovkasi Buxgalteriya balansining ilovasiga muvofiq keltiriladi.

E'tibor bering: rasmiy formulalarda 230, 510 va 620-satrlar (ajratilgan bo'linmalar bilan hisob-kitoblar) mos ravishda 210, 490 va 600-satrlar jamiga kiritilmagan. Excel faylimiz ham aynan rasmiy formulalarga amal qiladi.

Balansga ilova: muddati o'tgan qarzlar rasshifrovkasi

Ilova muddati o'tgan debitorlik yoki kreditorlik qarzi bo'lganda to'ldiriladi (balansning 211 va 602-satrlari). U ham ming so'mda va sana holatiga tuziladi. Ustunlari:

  • 1 — T/r
  • 2 — Muddati o'tgan qarzdorlikka ega bo'lgan debitor va kreditorlar ro'yxati
  • 3 — Muddati o'tgan umumiy qarz
  • 4 — jami
  • 5 — hukumat qarorlariga asosan oldindan haq to'la-may jo'natilgan (olingan) mahsulotlar bo'yicha muddati o'tgan qarzlar
  • 6 — davlat resurslari va jamg'armalaridan jo'natish ko'zda tutilgan xom ashyo va materiallar bo'yicha o'tkazilgan bo'nak to'lovlari summasi
  • 7 — hukumat qarorlari bo'yicha kechiktirilgan qarzlar
  • 8 — qonunchilikka muvofiq da'volar bo'yicha sud jarayonida ko'rib chiqilayotgan yoki iqtisodiy sud tomonidan kreditorlardan undirish to'g'risida qaror chiqqan qarzlar summasi

4-ustun — «jami», 5–8-ustunlar uning tarkibi («shu jumladan»); 4–8-ustunlar umumiy sarlavha ostida: «Tashkilotga bog'liq bo'lmagan sabablar bo'yicha vujudga kelgan muddati o'tgan qarzlar».

T/rSatr6-ustun
MUDDATI O'TGAN DEBITORLIK QARZLARI
1.Muddati o'tgan qarzdorlikka ega bo'lgan debitorlar, jami
2.Respublika ichidagi muddati o'tgan qarzlar, jami
2.1.shu jumladan, debitorlar nomi bo'yicha
2.2.Ichki idoraviy muddati o'tgan qarzlar, jami
2.2.1.shu jumladan debitorlar nomi bo'yicha
3.Respublikadan tashqaridagi muddati o'tgan qarzlar, jami
3.1.shu jumladan debitorlar nomi bo'yicha
MUDDATI O'TGAN KREDITORLIK QARZLARI
4.Muddati o'tgan qarzdorlikka ega bo'lgan kreditorlar, jami×
5.Respublika ichidagi muddati o'tgan qarzlar, jami×
5.1.shu jumladan, kreditorlar nomi bo'yicha×
5.2.Ichki idoraviy muddati o'tgan qarzlar, jami×
5.2.1.shu jumladan kreditorlar nomi bo'yicha×
6.Respublikadan tashqaridagi muddati o'tgan qarzlar, jami×
6.1.shu jumladan kreditorlar nomi bo'yicha×

Kreditorlik qarzlari qismida 6-ustun to'ldirilmaydi (rasmiy shaklda «×»).

2-ilova. Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot

Hisobot yil uchun, ming so'mda tuziladi. Ustunlar: 1 — ko'rsatkich, 2 — satr kodi, 3 va 4 — o'tgan yilning shu davri (daromadlar va xarajatlar), 5 va 6 — hisobot davri (daromadlar va xarajatlar). «×» — rasmiy shaklda to'ldirilmaydigan katak.

Ko'rsatkichlar nomiSatr kodiO'tgan yil: daromadlar (3)O'tgan yil: xarajatlar (4)Hisobot davri: daromadlar (5)Hisobot davri: xarajatlar (6)
Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum010××
Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi020××
Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (satr.010-020)030
Davr xarajatlari, jami (satr.050+060+070), shu jumladan:040××
Sotish xarajatlari050××
Ma'muriy xarajatlar060××
Boshqa operatsion xarajatlar070××
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari090××
Asosiy faoliyatning foydasi (zarari) (satr. 030-040+090)100
Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami (satr.120+130+140+150+160), shu jumladan:110××
Dividendlar shaklidagi daromadlar120××
Foizlar shaklidagi daromadlar130××
Moliyaviy ijaradan daromadlar140××
Valyuta kursi farqidan daromadlar150××
Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari160××
Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar (satr.180+190+200+210), shu jumladan:170××
Foizlar shaklidagi xarajatlar180××
Moliyaviy ijara bo'yicha foizlar shaklidagi xarajatlar190××
Valyuta kursi farqidan zararlar200××
Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar210××
Umumxo'jalik faoliyatining foydasi (zarari) (satr.100+110-170)220
Favquloddagi foyda va zararlar230
Foyda solig'ini to'lagunga qadar foyda (zarar) (satr.220+/-230)240
Foyda solig'i250××
Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar260××
hisobot davrining sof foydasi (zarari) (satr.240-250-260)270

Rasmiy shaklda 080-satr yo'q: 070-satrdan keyin darhol 090-satr keladi.

3-ilova. Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot

Hisobot yil uchun, ming so'mda tuziladi. Har bir satr xususiy kapitalning qaysi qismiga ta'sir qilishini ustunlar ko'rsatadi; «×» — to'ldirilmaydigan katak. Rasmiy shaklda bu hisobot uchun hisoblash formulasi berilmagan.

Ko'rsatkichlar nomiSatr kodiUstav kapitali (3)Qo'shilgan kapital (4)Rezerv kapitali (5)Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (6)Sotib olingan xususiy aksiyalar (7)Maqsadli tushumlar va boshqalar (8)Jami (9)
Yil boshidagi qoldiq010
Qimmatli qog'ozlar emissiyasi020××××
Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash030×××××
Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo'lgan valyuta kursi farqlari040×××××
Rezerv kapitaliga ajratmalar050××××
Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)060×××××
Tekinga olingan mol-mulk070×××××
Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag'lar080×××××
Hisoblangan dividendlar090×××××
Xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari100
Yil oxiridagi qoldiq110
Xususiy kapitalining ko'payishi (+) yoki kamayishi (-)120
MA'LUMOT UCHUN:
Chiqarilgan aksiyalar soni, dona130××××××
shu jumladan:
imtiyozli131××××××
oddiy132××××××
Aksiyaning nominal qiymati140××××××
Muomaladagi aksiyalar soni, dona150××××××
shu jumladan:
imtiyozli151××××××
oddiy152××××××

4-ilova. Pul oqimlari to'g'risida hisobot

Hisobot yil uchun, ming so'mda tuziladi; ikki raqamli ustun: «Kirim» va «Chiqim». Shakl oxirida chet el valyutasidagi pul mablag'lari harakati to'g'risida alohida ma'lumot (bitta «Miqdori» ustuni) bor.

Ko'rsatkichlar nomiSatr kodi
Operatsion faoliyat
Mahsulot (tovar ish va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablag'lari010
Material tovar ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to'langan pul mablag'lari020
Xodimlarga va ular nomidan to'langan pul mablag'lari030
Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to'lovlari040
Jami operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 010-020-030+/-040)050
Investitsiya faoliyati
Asosiy vositalarni sotib olish va sotish060
Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish070
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish080
Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to'lovlari090
Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 060+/-070+/-080+/-090)100
Moliyaviy faoliyat
Olingan va to'langan foizlar110
Olingan va to'langan dividendlar120
Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog'liq bo'lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari130
Xususiy aksiyalarni sotib olganda va ularni sotganda pul to'lovlari va tushumlari140
Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo'yicha pul tushumlari va to'lovlari150
Moliyaviy ijara bo'yicha pul tushumlari va to'lovlari160
Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to'lovlari170
Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 110+/-120+130-140+/-150+/-160-1-/170)¹180
Soliqqa tortish
To'langan foyda solig'i190
To'langan boshqa soliqlar200
Jami to'langan soliqlar (satr 190+200)210
Jami moliyaviy-xo'jalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi (satr 050+/-100+/-180-2 10)²220
Chet el valyutasidagi pul mablag'larini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi221
Yil boshidagi pul mablag'lari230
Yil oxiridagi pul mablag'lari240

¹ Rasmiy matnda shunday («...+/-160-1-/170»); ehtimol «+/-170» nazarda tutilgan.

² Rasmiy matnda shunday («...+/-180-2 10»); ehtimol «-210» nazarda tutilgan.

Chet el valyutasidagi pul mablag'larining harakati to'g'risida ma'lumot

Ko'rsatkichlar nomiSatr kodi
Yil boshiga qoldiq250
Kelib tushgan valyuta mablag'lari, jami (satr 261+262+263+264), shu jumladan260
Sotishdan olingan tushum261
Konvertatsiya qilingan262
Moliyaviy faoliyat bo'yicha263
Boshqa manbalar264
Sarflangan valyuta mablag'lari, jami (satr 271+272+273), shu jumladan270
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lovlar271
Moliyaviy faoliyat bo'yicha to'lovlar272
Boshqa maqsadlar uchun273
Chet el valyutasidagi pul mablag'larini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi280
Yil oxiridagi qoldiq (satr. 250+260-270+/-280)290

Shaklni qanday o'qish kerak?

  1. Avval satr nomidagi qavsga qarang: unda yo hisobvaraq kodi (masalan, 5100), yo hisoblash formulasi (masalan, satr. 010-020) yozilgan. Formula bo'lsa, bu satr qo'lda emas, boshqa satrlardan hisoblanadi.
  2. «shu jumladan» deb tugagan satr jami satri: undan keyingi satrlar uning tarkibi. «shundan» satri (211, 602) esa jamiga qo'shilmaydi, faqat ma'lumot uchun.
  3. Moliyaviy natijalar hisobotida daromad satrlari daromadlar ustuniga, xarajat satrlari xarajatlar ustuniga yoziladi; «×» turgan katak bo'sh qoladi. Natija satrlarida (030, 100, 220, 240, 270) «×» yo'q: ustun nomlariga ko'ra foyda daromadlar (foyda) ustuniga, zarar xarajatlar (zararlar) ustuniga yoziladi.
  4. Balans tengligini tekshiring: 400-satr (aktiv jami) 780-satrga (passiv jami) teng bo'lishi kerak.

Misol: «Shirin lola» MChJ qandolat sexi (to'qima korxona) yil yakunida quyidagi raqamlarni oldi, ming so'mda. Avval moliyaviy natijalar:

SatrKo'rsatkichHisobSumma
010Sof tushum—1 200 000
020Sotilgan mahsulot tannarxi—780 000
030Yalpi foyda010 − 020420 000
050Sotish xarajatlari—60 000
060Ma'muriy xarajatlar—90 000
070Boshqa operatsion xarajatlar—20 000
040Davr xarajatlari, jami050 + 060 + 070170 000
090Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari—15 000
100Asosiy faoliyatning foydasi030 − 040 + 090265 000
110Moliyaviy faoliyat daromadlari (130-satr: foizlar)—5 000
170Moliyaviy faoliyat xarajatlari (180-satr: foizlar)—40 000
220Umumxo'jalik faoliyatining foydasi100 + 110 − 170230 000
240Foyda solig'ini to'lagunga qadar foyda (230-satr bo'sh)220 ± 230230 000
250Foyda solig'i (shartli summa)—34 500
270Sof foyda (260-satr bo'sh)240 − 250 − 260195 500

Foyda solig'i summasi shartli olingan: uni hisoblash bu misolning mavzusi emas. Sof foyda yil oxirida 9910 schyotidan 8710 schyotga yopiladi, shu sababli u balansning 450-satri (8700) orqali passivga o'tadi. Endi shu korxonaning yil oxiridagi balansi (soddalashtirilgan, faqat qiymati bor satrlar):

SatrKo'rsatkichHisobYil oxiriga
010Asosiy vositalar: boshlang'ich qiymati—900 000
011Eskirish summasi—300 000
012Asosiy vositalar: qoldiq qiymati010 − 011600 000
020Nomoddiy aktivlar: boshlang'ich qiymati—50 000
021Amortizatsiya summasi—10 000
022Nomoddiy aktivlar: qoldiq qiymati020 − 02140 000
130I bo'lim (uzoq muddatli aktivlar) jami012 + 022640 000
140Tovar-moddiy zaxiralari—210 000
210Debitorlar—150 000
320Pul mablag'lari—100 000
390II bo'lim (joriy aktivlar) jami140 + 210 + 320460 000
400Aktiv jami130 + 3901 100 000
410Ustav kapitali—100 000
450Taqsimlanmagan foyda—595 000
480I bo'lim (o'z mablag'lari) jami410 + 450695 000
610Mol yetkazib beruvchilarga qarz—250 000
680Budjetga to'lovlar bo'yicha qarz—55 000
720Mehnatga haq to'lash bo'yicha qarz—100 000
600Joriy majburiyatlar jami (490-satr bo'sh)610 + 680 + 720405 000
770II bo'lim (majburiyatlar) jami490 + 600405 000
780Passiv jami480 + 7701 100 000

400-satr va 780-satr teng: 1 100 000 = 1 100 000. Agar ular teng chiqmasa, birinchi navbatda jami satrlar formulasini, keyin kontrpassiv satrni (440, u ayiriladi) va hisobvaraqlar qoldiqlarini tekshiring. Misoldagi korxona, raqamlar va soliq summasi muallif tomonidan tuzilgan va shartli.

Bo'sh shakllar: PDF (chop etish uchun) va Excel (to'ldirish uchun, jami satrlar formulalar bilan) — sahifa ostidagi havolalarda.

O'zingizni sinang

Shu mavzu bo'yicha 5 ta savol: variantni bosing yoki javobni oching.

  1. «Nurafshon logistika» eskirgan buxgalteriya dasturidan voz kechib, uni hisobdan chiqardi: boshlang'ich qiymati 24 000 000 so'm, yig'ilgan amortizatsiyasi 18 000 000 so'm, hech qanday tushum yo'q. Barcha yozuvlar 9220 orqali o'tkazildi. Natija va uni yopish provodkasi qanday?

  2. Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot nimani ko'rsatadi?

  3. 22-son BHMS bo'yicha valyuta operatsiyalaridan yuzaga kelgan kurs farqi moliyaviy natijalarda qayerda hisobga olinadi?

  4. «Qamashi transport» MChJ ta'sischisi ustav kapitalidagi ulushi hisobiga jamiyatga yuk avtomobilini topshirdi. Ta'sischilar avtomobilni 150 000 000 so'mga baholashga kelishdi (qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan). Avtomobilning kirimi 21-son BHMS bo'yicha qanday provodka bilan yoziladi?

  5. «Dilnura Savdo» MChJ ta'sischilari qaroriga ko'ra hisoblangan 20 000 000 so'm dividend (6610 dagi qarz) ustav kapitalini ko'paytirishga yo'naltirildi. Qanday provodka beriladi?

Javob berildi: 0 / 55 tadan 0 ta to'g'ri

Barcha testlar →

Yana qarang

Manbalar

  1. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-son buyrug'i «Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» (Adliya vazirligida 2024-yil 4-noyabrda 3567-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan) · Nizomning kirish qismi, 1–4, 7, 9–13-bandlari; 1–4-ilovalar va buxgalteriya balansiga ilova; buyruqning 2-ilovasi (140-son buyruq o'z kuchini yo'qotgan)
  2. Shakllar matni va misol · Shakllar lotin yozuvidagi rasmiy matndan ko'chirildi; misol muallif tomonidan tuzilgan

← Barcha maqolalar